Чт, 18.10.2018, 04:23
Приветствую Вас, Mexmon

13:43
Kelini bilan jiyanini tutib olgan qaynogʻa jiyanining qotiliga aylandi
Joriy yilning 8 avgust kuni jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyat Romitan tuman sudi raisi U.I.Bozorov tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan ayblangan Xoʻjayev Yormat Islomovichga oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

Sudning hukmiga koʻra Yo.Xoʻjayev spirtli ichimlik isteʼmol qilgan mast holatda 2018 yil 20 mart kuni soat 20:00larda ukasi N.Xoʻjayevning xonadoniga borib, oshxonada turgan oʻtkir tigʻli oshxona pichogʻi bilan qurollanadi. Shundan soʻng “Qoqishtuvon” qishlogʻida yashovchi jiyani Mirzayev Elnur Elmurodovichning yashash uyiga borib, uni hovlining orqa tomoniga olib oʻtadi va E.Mirzayevga ukasi F.Xoʻjayevning turmush oʻrtogʻi M.Polvonova bilan ishqiy munosabatlari haqidagi gap butun qishloqda tarqalganligi, bu kabi nomaʼqul ishlarni qilmasligi, oilasi shaʼniga dogʻ tushirayotganligi haqida aytadi. Oʻrtada kelib chiqqan janjal oqibatida oʻzi bilan olib kelgan oshxona pichogʻini E.Mirzayevning qorin sohasi oʻng tomoniga bir marotaba urganida E.Mirzayev baqirib qarindoshlarini yordamga chaqiradi. Yo.Xoʻjayev esa hodisa joyidan qochib ketadi. Jabrlanuvchi E.Mirzayev olgan jarohati natijasida vafot etgan.

Sud sudlanuvchi Yo.Xoʻjayevga nisbatan jazo turi va miqdorini belgilashda uning shaxsini, ijtimoiy ahvoli va oilaviy sharoitini, 3 nafar farzandi borligini, aybiga toʻliq iqrorligini, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini hamda jazoni yengillashtiruvchi va ogʻirlashtiruvchi boshqa holatlarni inobatga olib, uni JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topib, shu modda bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 174 | Добавил: Admin | Теги: Kelini bilan jiyanini tutib olgan q | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar