Чт, 13.12.2018, 13:36
Приветствую Вас, Mexmon

14:14
Keksa ayol kasalxonada 5 soat davomida shifokorlar yordamini kutib vafot etdi
Sankt-Peterburg shifoxonalarining birida 5 soat davomida shifokorlar ko’magini kutgan ayol olamdan ko’z yumdi. Ayolning nabirasi uning ko’krak sohasidagi og’riqlardan shikoyat qilgani haqida aytgan.

“Meni buvimda insult oldi holati bo’layotganligini sezib, tez tibbiy yordam xizmatini chaqirdim. Biz birgalikda Avangard kasalxonasiga bordik. 3 soatcha chamasi qabul bo’limida o’tirdik, keyin uni reanimatsiyaga emas, nevrologiya bo’limiga yuborishdi” deydi nabira.

Yigitning so’zlariga qaraganda, ayolning ahvoli kunduz payti yomonlasha boshlagan. U 5 soat davomida kasalxonada yordam kutib o’tirgan, ammo biror shifokor kelib unga qaramagan, har safar murojaat etilganida kutishi kerakligini takrorlashgan.

14:00- 19:00 soat oralig’ida ayol yoniga ikkita hamisha kelib, uning qon bosimini o’lchashgan va validol tabletkasidan berishgan.

18:55 da nabiraning tashqariga chiqishi kerakligi aytilgan, oradan ko’p vaqt o’tmay esa unga qo’ng’iroq qilib, buvisining vafot etgani xabar qilingan.

Manba: Zamin.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 339 | Добавил: Admin | Теги: Keksa ayol kasalxonada 5 soat davom | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar