Главная » 2018 » Май » 28 » Kattaqo'rg'onda qo'shnisining qizini vaxshiylarcha o'ldirgan ayol 15 yilga qamaldi
17:28
Kattaqo'rg'onda qo'shnisining qizini vaxshiylarcha o'ldirgan ayol 15 yilga qamaldi
Gulsanam va Mavluda (ismlari o'zgartirilgan) Kattaqo'rg'on tumanining “Moybuloq” mahallasida yashardi. Yon qo'shnilarning orasida so'nggi paytlarda rashk tufayli janjallar ko'payadi. Gap shundaki, Mavludaning eri vafot etib, u ikki farzandi bilan beva qoladi.

Gulsanam eri Ahmadni unga rashk qila boshlaydi. Ustiga-ustak xo'jayinining uni urishi Mavludaga nisbatan hasad va rashkini oshirardi.

Bir kuni Gulsanam o'zining kenja o'g'li bilan do'konga borayotib erini ko'rib qoladi.

— Uyga qayt, ro'zg'orga keraklisini o'zim olib boraman, – deb buyuradi Ahmad xotiniga.

— Qaytmayman, – deya o'rlik qiladi xotini.

Ahmad rafiqasi so'zini ikki qilgani uchun unga tarsaki tushirib, majburlab uyga olib kiradi va uni do'pposlaydi.

Ikki kun o'tib, Ahmad ishga, Nozima maktabga ketgach, uyida kenja qizi Nigina qolganiga qaramay Gulsanam araq ichib o'zini unutgisi keladi.

Ayolning kayfi oshgach, alam alangasi yonadi. Ko'zguga boqib u aksida yuzi, bo'yni, oyog'i ko'kargan tahqirlangan ayolni ko'radi.

Shu payt to'satdan Mavludaning qizi – Gulnigor uyiga kirib keladi. U Gulsanamning kenja qizi bilan sinfdosh edi. “Xolajon, sizga nima bo'ldi?” deya so'raydi qizaloq qo'shnisining ko'karib ketgan badanini ko'rib.

Beg'ubor bolaning savoli Gulsanamning g'azabini keltiradi. U xonadagi boltani olib qizga hujum qiladi. Birinchi zarbadan so'ng Gulnigor hushini yo'qotib yerga yiqiladi. Ayol yana bir necha bor begunoh bolaning tanasiga bolta uradi. Gulnigor zarbalardan joyida halok bo'ladi.

Bir oz vaqt o'tib, qilgan ishidan qo'rqib ketgan Gulsanam katta qizi Nozima bilan jasadni qishloq chetidagi axlatxonaga olib borishdi. Uning portfeli va kiyimini hojatxonaga tashlashdi. Qotil qiziga bo'lgan voqea haqida hech kimga hech nima demasligini uqtirdi.

Mavluda qizi yo'qolib qolganidan xavotirga tushdi. Mahalla faollaridan boshlab ichki ishlar xodimlarigacha – barcha oyoqqa turdi. Bir hafta davomida qizaloqning barcha tanishlari, o'qituvchilari va maktab direktori so'roq qilindi. Ichki ishlar xodimlari bilan suhbatda Mavluda qizi qo'shnisining farzandi bilan do'st bo'lgani, ularnikiga tez-tez mehmonga borib turganini aytdi.

Ichki ishlar xodimlari Gulsanam hovlisidagi hojatxonada portfel va o'ldirilgan qizaloqning kiyimlarini, axlatxonada esa Gulnigorning maydalangan jasadini topishdi.

Gulsanam aybini tan oldi. Sud hukmi bilan u 15 yil 3 oy qamoq jazosini oldi.

Yormamat RUSTAMOV,
«Zarafshon» nashridan olindi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 93 | Добавил: Admin | Теги: Kattaqo'rg'onda qo'shnisining qizin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz