Чт, 18.10.2018, 04:04
Приветствую Вас, Mexmon

20:19
Kassir qiz bankka ishga joylashdi va koʻp oʻtmay u yerdagi pullarni oʻgʻirlab ketdi
Kassachi qiz Odessadagi bankka ishga joylashdi va toʻrt kundan keyin undagi mablagʻlarni oʻgʻirlab ketdi. Bu haqda UNIAN Odessa oblasti boʻyicha politsiya boshqarmasiga asosan xabar bermoqda.

Huquq-tartibot idoralari maʼlumotiga koʻra, qiz eʼlon boʻyicha ishga joylashgan. Shu bilan birga, suhbat chogʻida u oʻzini boshqa ism bilan tanishtirdi. Shundan soʻng qizni amaliyot oʻtashi uchun qabul qilishgan.

“Toʻrt kun davomida, asosiy ishchilarning nazorati ostida amaliyotchi qiz ishonchni qozonishga muvaffaq boʻlgan. Biroq, mustaqil ish kunining oʻzidayoq u 100 ming grivna pulni oʻzlashtirib olgan hamda ish joyidan gʻoyib boʻlgan”, - deya xabar berishdi politsiyadan.

Bu jinoyatni 24 yoshli mahalliy fuqaro sodir etgan boʻlib chiqdi, u bundan avval ham bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgani aniqlandi. Qizning tan olishicha, gadjetlar sotib olish va qarzlarni toʻlashga pulni sarflab yuborgan.

Endi u olti yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 110 | Добавил: Admin | Теги: Kassir qiz bankka ishga joylashdi v | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar