10:19
Karantinda tug‘ilgan kunini nishonlagan buxorolik va uning tanishlari 15 sutkaga qamaldi

Buxoroda karantinda tug‘ilgan kunni nishonlab, spirtli ichimlik iste’mol qilgan holda yarim tunda fuqarolar osoyishtaligini buzgan shaxslar 15 sutkadan qamaldi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Quvvat Yarashov xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kogon tumanida yashovchi 18 yoshli H.R. 14-aprel, seshanba kuni, soat 20:00 da tanishlariga qo‘ng‘iroq qilib, do‘kondan spirtli ichimlik xarid qilganini aytib, qishloq chetidagi ko‘lda baliq ovlab, o‘sha yerda tug‘ilgan kunini nishonlashini bildirgan.

Tug‘ilgan kunni nishonlash uchun aytilgan manzilga borgan H.R.ning hamqishloqlari 25 yoshli D.Q., 20 yoshli X.R. va 19 yoshli A.N.lar spirtli ichimlik iste’mol qilgan.

Ko‘p o‘tmay ular mast bo‘lib, bir-birini uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan hamda odamlar tinchi va osoyishtaligini buzgan. Tungi soat 23:35 larda qishloq odamlari yig‘ilgan va holat sodir bo‘lgan joyga hudud profilaktika inspektorini chaqirgan.

Huquqbuzarlar ishi sudda ko‘rib chiqilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 54-moddaning 2-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) hamda 187-moddaning 1-qismi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish) bilan aybli deb topilib, to‘rtovlonga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi berilgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 156 | Добавил: Admin | Теги: Karantinda tug‘ilgan kunini nishonl | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close