Ср, 21.11.2018, 16:48
Приветствую Вас, Mexmon

12:28
Kamchatkada 15 yoshli o‘spirinni ayiq g‘ajib o‘ldirdi
Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi Milkovsk tumanida 15 yoshli o‘spirinni ayiq g‘ajib o‘ldirdi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Fojia Lazo qishlog‘idan olti kilometr uzoqlikda yuz berdi.

“Ayiq 13 va 15 yoshli o‘smirlarga tashlangan. Ular o‘sha paytda suv tashib uyga qaytayotgan edi. O‘g‘il bolalarning kichigi ayiq hujumidan qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan, kattasi esa halok bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, o‘smirlarga hujum qilgan ayiqni ovchilar otib tashlagan.

2018-yilda Kamchatkada insonlar hayotiga xavf solgan 60 dan ortiq ayiqlar otib tashlangan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 86 | Добавил: Admin | Теги: Kamchatkada 15 yoshli o‘spirinni ay | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar