VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

19:46
Kaliforniya shtatida 11 yoshli qiz tish pastasiga allergiyasi borligi tufayli vafot etdi
AQShning Kaliforniya shtatida 11 yoshli Deniz Saldeyt ismli qiz tish pastasiga allergiyasi borligi sabab vafot etdi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Qizchaning sut mahsulotlariga nisbatan allergiyasi bo‘lgan. Lekin uning oilasi tish pastasining tarkibida bolani o‘ldirish darajasida oqsil borligini bilmagan.

“Hammasiga men aybdorman”, — deydi qizchaning onasi.

Tish pastasini ularga stomotolog tavsiya qilgan.

Denizning oilasi doim mahsulot tarkibida oqsil yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun qadoqni e’tibor bilan o‘qib chiqishga odatlangan. Yaxshilab tekshirgach, uni qizchaga berishar edi. Stomotolog qizchaga tish emalini mustahkamlash uchun davolovchi MI Paste One tish pastasini tavsiya qilgan. Pastaning tarkibida oqsil borligini hayoliga ham keltirmagan qizchaning oilasi 4-aprel kuni Deniz tishlarini yuvayotganda anafilaktik shokka tushganini ko‘rib, hayron qolgan.

Onasining so‘zlariga ko‘ra, qizcha faqat “Tish pastaga allergiyam borga o‘xshaydi”, deyishga ulgura olgan va shundan so‘ng, uning lablari ko‘karib ketgan. Onasi Denizni karavotga yotqizgan, unga 911 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishini buyurgan. O‘zi esa EpiPen olib kelish uchun dorixonaga yugurgan (ba’zi bir allergik reaksiyalarni bartaraf etadigan epinefrinli maxsus kalta shprits).

“U nafas ololmayotganini aytdi. Men esa, nafas olasan, bu qo‘lingdan keladi. Seni yaxshi ko‘raman, dedim”, — deydi qizchaning onasi Monik.

Ayol qiziga o‘pka-yurak reanimatsiyasini qilgan. Lekin qizchaning og‘iz tish pastasiga to‘la bo‘lgani uchun kislorod uning nafas olish yo‘lidan o‘tolmagan. Ikki kundan so‘ng Deniz vafot etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, davolovchi tish pastasining tarkibida rekaldent — sigir suti oqsilidan olingan modda bo‘lgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Kaliforniya shtatida 11 yoshli qiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%