Ср, 22.01.2020, 15:36
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS
Loading...

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2810]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 271
Мини-чат
Статистика


21:00
Jurnalistlik faoliyatga to'sqinlik qilganlik uchun javobgarlik joriy etiladi
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Kodeksiga qo'shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz portalida e'lon qilindi.

Loyihaga ko'ra, O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 197-5-modda bilan to'ldirilishi nazarda tutilgan:

197-5-modda. Jurnalistlik faoliyatiga aralashish va to'sqinlik qilish:

Jurnalistlik faoliyatiga aralashish va to'sqinlik qilish, jurnalistni axborotni tarqatish yoki tarqatishni rad qilishga majburlash, akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo'rin bekor qilish, jurnalistning so'rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzish, jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g'ayriqonuniy ravishda olib qo'yish bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha jarima solinishiga sabab bo'ladi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi va davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo'lgan o'z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko'rib chiqib, bekor qilishlarini ta'minlaydi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 13 | Добавил: Admin | Теги: Jurnalistlik faoliyatga to'sqinlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Январь 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2020