Сб, 18.08.2018, 05:45
Приветствую Вас, Mexmon

16:18
Jizzaxda 18 yashar qizni zo‘rlamoqchi bo‘lgan fermer qo‘lga olindi
Jizzax viloyatining Baxmal tumanida hamqishlog‘ini zo‘rlamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

Xabarda qayd etilishicha, voqea Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Saroy qishlog‘ida 20 mart kuni soat 16:00 lar atrofida yuz bergan.

Shu qishloqda yashovchi, «Sabrina Ravshanova» fermer xo‘jaligi raisi, 1987 yilda tug‘ilgan shaxs hamqishlog‘i — 18 yoshli qizni zo‘rlab nomusiga tegmoqchi bo‘lgan. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

IIV xabaridan voqeaga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 224 | Добавил: Admin | Теги: Jizzaxda 18 yashar qizni zo‘rlamoqc | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar