Ср, 19.12.2018, 04:51
Приветствую Вас, Mexmon

06:39
JARda boshiga pichoq kirib ketgan erkak velosipedda kasalxonaga keldi
Janubiy Afrika Respublikasining Keyptaun shahrida Shon Ueyn ismli erkak velosipedda boshiga kirib ketgan pichoq bilan shifokor qabuliga keldi. Unga o‘g‘rilar duch kelgan va oqibatda shunday jarohat olgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ueyn velosipedda ishga ketayotgan vaqtda unga ikki nafar jinoyatchi hujum qilgan. Ulardan biri 34 yoshli Ueynning boshiga pichoq bilan zarba bergan va o‘g‘rilar jarohatlangan kishidan velosipedni olib qo‘chishga uringan.

Erkak bezorilardan qutulib qolishga va qariyb bir kilometr uzoqlikdagi poliklinikaga velosipedda mustaqil kelishga muvaffaq bo‘lgan.

Poliklinika xodimlari erkakning xotirjam va xushmuomala bo‘lganini, o‘zlari esa ko‘rgan narsadan hayratda qolganini aytgan. Shifokorlardan biri o‘z mashinasida bemorni kasalxonaga olib brogan, va u yerda erkak zudlik bilan operatsiya qilingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 97 | Добавил: Admin | Теги: JARda boshiga pichoq kirib ketgan e | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar