19:47
Janubiy Koreyada o‘tgan sutka davomida kasallanganlar soni bo‘yicha fevraldan buyon eng past ko‘rsatkich qayd etildi

Janubiy Koreyada fevral oyining o‘rtalaridan buyon birinchi marta bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich qayd etildi — sakkiz kishida COVID-19 aniqlangan. Bu mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlarning besh nafari chetdan kirib kelgan bo‘lib, uch nafari mamlakat ichida yuqtirib olgan. Ikkita holat Seulda va yana ikkitasi Tegu shaharida aniqlangan bo‘lsa, Inchxon va Kyonsan-Pukto provinsiyasida bittadan holat qayd etilgan. Qolgan ikkitasi esa karantin tekshiruvi vaqtida aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 661 kishiga yetdi, yana 105 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq Janubiy Koreya epidemiologik xavf darajasini eng yuqoriga ko‘targan edi. 19-aprelga qadar aholiga sababsiz ko‘chaga chiqish taqiqlangan, sport, ko‘ngilochar va diniy muassasalar yopilgan.

Avvalroq Janubiy Koreyada kasallanish holatlari kamayayotgani haqida xabar berilgan edi. Keyinroq mamlakatda koronavirusdan tuzalgan o‘nlab insonlarda yana COVID-19 aniqlangani ma'lum bo'ldi.

 

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 200 | Добавил: Admin | Теги: Janubiy Koreyada o‘tgan sutka davom | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close