. Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1146 kishiga yetdi, 11 bemor vafot etgan - 26 Февраля 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Чт, 02.04.2020, 00:20
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


10:17
Janubiy Koreyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 1146 kishiga yetdi, 11 bemor vafot etgan
Janubiy Koreyada yangi turdagi koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq 169 ta yangi holat qayd etildi, bir nafar bemor vafot etgan. Shunday qilib, Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktika markazlari tashkiloti (KCDC) axborotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 1146 kishiga yetgan, ulardan 11 nafari vafot etgan.

22 bemor tuzalgan, 16 734 kishining tahlillari esa hali o‘rganilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, olti nafar qurbonning kasallanishi Tegu yaqinidagi Chxondo shahrida joylashgan Tenam okrug kasalxonasi bilan u yoki bu darajada bog‘liq.

KCDC ma’lumotlariga ko‘ra, yangi kasallanganlarning 134 nafari Tegu shahrida, 19 nafari Kyonsan-Pukto provinsiyasida, qolganlari esa mamlakat bo‘ylab boshqa tumanlarda ro‘yxatga olingan. 36 yoshli erkak esa Janubiy Koreyada koronavirusdan vafot etgan 11-shaxs bo‘ldi, u kasallikni kimdan va qanday yuqtirib olgani surishtirilmoqda.

Yonhap agentligining xabar berishicha, vafot etgan erkak jigar sirrozi va so‘nggi bosqichdagi buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekkan. U buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi uchun 12-fevral Janubiy Koreyaga kelgan, biroq salomatligi yomonligi bois operatsiyani o‘tkazib bo‘lmagan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, “bemor o‘zining surunkali kasalliklaridan vafot etgan, deb taxmin qilish mantiqliroq bo‘lardi”. Ta’kidlanishicha, uning o‘limida koronavirus qanchalik rol o‘ynaganini hali aniqlash lozim.

Janubiy Koreyada aniqlangan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarining 900 dan ortig‘i Tegu shahri va unga qo‘shni Kyonsan-Pukto provinsiyasiga to‘g‘ri kelmoqda. Janubiy Koreya aviakompaniyalari Teguga reyslarni vaqtincha bekor qildi.

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 25-fevral kuni vaziyatni “favqulodda jiddiy” deb atab, shaharni “alohida falokat hududi” deb e’lon qilishning o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidlagan edi.

Hozirgi vaqtda Tegu shahri va Kyonsan-Pukto provinsiyasi alohida epidemiologik nazorat hududlari deb e’lon qilingan. Avvalroq Janubiy Koreya epidemiologik tahdid darajasini uchinchi “olovrang” darajadan to‘rtinchi “qizil” darajagacha oshirgani ma’lum bo‘lgan edi.

Xabar berishlaricha, kelgusi bir necha kun ichida mamlakatda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni keskin oshishi mumkin, chunki Janubiy Koreya hukumati 200 mingga yaqin odamni birlashtirgan Sinchonji sektasining barcha a’zolarini kasallikka qarshi tekshirib ko‘rishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Tegu shahrida istiqomat qiluvchi Sinchonji sektasi izdoshi hisoblangan ayol koronavirus testidan o‘tishdan bosh tortib, ikki hafta davomida mingga yaqin odam bilan birga ibodatlarda ishtirok etishi Janubiy Koreyani jahondagi uchinchi eng yirik koronavirus o‘chog‘iga aylantirgan edi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 36 | Добавил: Admin | Теги: Janubiy Koreyada koronavirus bilan , 11 bemor vafot etgan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Февраль 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020