VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

19:49
Jamshid Kenjayevni o‘ldirganlikda ayblanganlarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi
13-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Mazkur jinoiy ishi sudya Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqdi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib chiqib, Shodali Qilichovni Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovni Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganliklarida aybdor deb topdi.

Sud hukmiga asosan Shodali Qilichovga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi, Saidazim Kamoldinov, Alijon Xamrayev va Jahongir Yorqulovning har biriga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil-koloniyada o‘tash belgilandi.

Manfaatdor tomonlarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Shuningdek, mazkur jinoiy ish bo‘yicha sudga raislik qiluvchi tomonidan sudlanuvchilar va boshqa tomonlarga hukm ustidan shikoyat qilish tartibi va muddati tushuntirildi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Jamshid Kenjayevni o‘ldirganlikda a | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%