Вт, 17.07.2018, 07:02
Приветствую Вас, Mexmon

08:28
Izsiz g'oyib bo'lgan andijonlik erkakning jasadini Farg'ona viloyatidan topishdi…
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, shu yilning 7 iyunida Andijonning Asaka tumanida yashovchi U. M. ismli ayol viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat etib, eri S. T. 4 iyun kuni Qirg'izistonga mol-qo'y olib kelish niyatida jo'nab ketgan-u, qaytmaganini bayon qilgan.

Ichki ishlar xodimlari darhol tezkor tadbir tashkil etib, erkakni qidirishga tushgan. Surishtiruvlar natijasida shu narsa ma'lum bo'ldiki, Farg'ona viloyati Quva tumanida yashovchi muqaddam sudlangan A. A. hamda A. R. ismli ikki erkak S. T. ga Qirg'izistonda tanishlari borligi, mol-qo'ylarni arzon narxda olib berishni va'da qilishgan. Ammo va'dasida turmay, erkakni Farg'onaga olib borishgan va yonidagi jami 3600 dollar pulni olib qo'yishgan. Keyin esa erkakning ustiga benzin sepib tiriklay yoqib yuborishgan. Jasadni o'sha joyning o'ziga ko'mib tashlashgan.

Hozirgi vaqtda ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atilgan. Qotillar qo'lga olingan. Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 96 | Добавил: Admin | Теги: Izsiz g'oyib bo'lgan andijonlik erk | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar