Пн, 11.11.2019, 23:08
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


10:56
Iroqdagi tartibsizliklar tufayli 25 kishidan ortiq odam halok bo'ldi…
Iroqdagi ko'plab viloyatlarda odamlar ko'chaga chiqib norozilik aksiyalari tashkil etgan. Namoyishlar ishtirokchilari amaldagi hukumat iste'foga chiqishini talab qilmoqda. Bir qator viloyatlarda namoyishchilar mahalliy hokimiyatlar, partiya va davlat tashkilotlariga o't qo'ymoqda. Politsiya bilan to'qnashuvlar natijasida mamlakat bo'yicha 25 kishidan ortiq odam halok bo'lgan. 2 000 ga yaqin fuqaro turli darajada jarohatlar olgan. Joylarda komendant soati e'lon qilinishiga qaramay, namoyishchilar tarqalishni istamayotgani haqida ma'lumotlar bor. Di-Kar viloyatida, ayniqsa, politsiya va fuqarolar o'rtasida qonli to'qnashuvlar sodir bo'lgan. To'qnashuvlardan so'ng namoyish ishtirokchilari mahalliy hokimiyat binosi ichkarisiga o't qo'ygan.

Chilida ham tartibsizliklar davom etmoqda. Hozirga qadar tartibsizliklar qurbonlari soni 20 kishiga yetgan. Oxirgi qurbon bo'lgan shaxs perulik bo'lib, bir necha kun oldin politsiyachilar bilan bo'lib o'tgan to'qnashuvlarda og'ir yaralangandi. Kasalxonada vafot etdi.

Eslatib o'tamiz, Chilidagi tartibsizliklar bir yarim hafta avval boshlangan. Fuqarolar mamlakatda metroda yurish haqi oshirilgandan so'ng ommaviy ravishda ko'chalarga chiqib tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Namoyishchilar bir necha metro bekatlariga jiddiy ziyon yetkazgan. 10 tadan ortiq avtobusni yoqib yuborgan. Shu munosabat bilan mamlakat prezidenti Pinyera favqulodda holat e'lon qildi. Bundan tashqari, bir necha viloyatlarda jamoat transportlari uchun yo'l haqi kamaytirilishi haqida farmon berdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 23 | Добавил: Admin | Теги: Iroqdagi tartibsizliklar tufayli 25 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019