VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

19:46
O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda keskin pastlab ketdi

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli “Speedtest.net” internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e’lon qildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Unda 2019-yil yanvar oyi yakunlari bo‘yicha butun dunyo bo‘yicha mobil va simli internet tezligi bo‘yicha ma’lumotlar chop etildi.

Mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 137 davlat ichida 129-o‘rinni egalladi (8,80 Mbit/s). Bu o‘tgan yil so‘nggidagi ko‘rsatkichdan 18 pog‘ona pastroq sanaladi. Simli internet tezligi bo‘yicha mamlakat 177 davlat orasidan 131-pog‘onada qayd etildi (11,31 Mbit/s). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston naq 23-o‘rin pastga tushib ketdi.

Qayd etib o‘tish kerak, mazkur kompaniya yangi yildan reytingga shu paytgacha ro‘yxatga kiritilmagan davlatlarni ham qo‘shgan. Bu o‘z navbatida O‘zbekistonning pozitsiyalariga ta’sir ko‘rsatgan.

Umumiy reyting bo‘yicha Islandiya mobil internet tezligida (73,93 Mbit/s), Singapur simli internet tezligi bo‘yicha (197,94 Mbit/s) birinchi pog‘onadan joy olgan.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: model biznesi vaki, biznes-ledilar, aktyor Toshkentga aynan muxlisalari, Turkiyalik mashhur aktyor va model | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%