Вс, 22.07.2018, 11:26
Приветствую Вас, Mexmon

08:23
Ikki aka-uka otasining qotilidan shafqatsizlarcha o'ch oldi…
Bu fojia o'tgan yili Moskva shahrida sodir bo'lgan. Ozarbayjonlik Ogjabedi Rahmon Moskvada yashab, shaxsiy «Gazel»ida temir sotib tirikchilik qilardi. O'tgan yili 18 sentyabr kuni mashinasini garajga qo'yib uyiga qaytayotganda, tashqi ko'rinishidan kavkazlik ekani ko'rinib turgan kimsa tez-tez yurib kelib Rahmonga yetib oldi va kissasidan to'pponcha chiqarib, Rahmonning boshini mo'ljalga olgan holda tepkini bosdi. Rahmon shu yerning o'zida jon berdi. Keyinchalik tergov qo'mitasidagilar bu qotillik tarixini o'rganish jarayonida haqiqatni aniqlashdi. Rahmon 2000 yili vatanida davlatdan fermer xo'jaligini yuritish niyatida yer oldi. Qo'shnisi Jamol ismli erkak bilan aynan shu yerni talashib janjallashib qoldi. Janjal pichoqbozlikka aylandi va Rahmon Jamolni pichoqlab o'ldirdi. Qotillik uchun jazo muddatini o'tab bo'lgach, Moskvadagi qarindoshlarinikiga keldi.

Tergov qo'mitasidagilar marhumning oilasini surishtirishdi. Ma'lum bo'ldiki, Jamolning ikki o'g'li bo'lgan. Ularning biri 32 yoshli Elmin uch yil oldin Moskvaga ko'chib kelgan. Shu yerda taksichilik qilib kun ko'rarkan. Akasi 35 yoshli Babek esa Ozarbayjondan Moskvaga tez-tez yuk olib kelib o'tkazarkan. Surishtiruvlar natijasida Rahmonni aynan shu aka-ukalar o'ldirgani aniqlandi. Ular birgalikda Elminning mashinasida kelib, Rahmonni kutib turishgan. Uka mashinada qolgan, aka esa Rahmonni otib o'ldirgan.

Afsuski, aka-uka qotillik sodir etgach, izsiz g'oyib bo'lgan. Ayni kunlarda ularga nisbatan federal qidiruv e'lon qilingan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 147 | Добавил: Admin | Теги: Ikki aka-uka otasining qotilidan sh | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar