VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

10:10
“Hovli” serialidagi Azra haqida siz bilmagan haqiqatlar
“Zo’r TV” telekanali orqali namoyish etilayotgan “Hovli” seriali ko'pchilikning qalbidan munosib o'rin egallab ulgurdi. Bugun serialning har bir qismini intiqlik bilan kutadigan muxlislarimizga bosh rollardan biri, Azrani gavdalantirgan akrisa Jeren Moray haqida ma'lumot bermoqchimiz.
Mashhur turk aktrisasi Jeren Moray 1985 yilning 5 iyunida Diyorbakir shahrida tavallud topgan. Uning otasi davlat xizmatida ishlagani bois oila Istambulga ko'chib kelishga majbur bo'lgan. Aynan Istambul shahrida Jeren o'rta maktab ta'limini oladi. Qizaloq kichkinaligidayoq aktrisa bo'lishni orzu qilgan va orzusi ortidan borib, “Pera Fine Arts” maktabida ilk aktyorlik sabog'ini oldi. 2005-2009 yillarda Jeren Moray “ Haliç University”da tahsilini davom ettiradi.

Jeren Moray debyut rolini 2003 yilda ekranlarga chiqqan «So'nggi nafasimgacha» mini serialida ijro etadi. Keyingi mini-serial – «Tog'a» uni mashhur qildi. Shu tariqa aktrisa serial olamiga shiddat bilan kirib keldi.
Jeren Moreyning eng yorqin rollaridan biri, «Bu – mening hayotim» serialidagi Afsun rolidir. Garchi aktrisa unda salbiy obrazni gavdalantirgan bo'lsa-da, ajoyib ijro va hissiyotli roli uchun ko'pchilikning nazariga tushdi.
Aktrisaning shaxsiy hayoti juda ajoyib. U turmush qurgan, ajoyib oilasi bor. Intervyularidan birida Jeren Morey uzoq vaqt vegetarian bo'lganini ta'kidlagan. Bundan u juda ozib ketgan va shifokorga murojaat qilishga majbur bo'lgan. Biroz vaqt muolaja olganidan so'ng asli holatiga qaytishga muvaffaq bo'ldi.

Filmografiyasi

2018 yil – «Hovli» seriali
2016 yil – «Qo'l yetmas muhabbat» seriali
2014 yil – «Eylulning kichik muammosi» filmi
2014 yil – «Bu mening hayotim» seriali
2012 yilda – «Ish va yana ish» seriali
2007 yil – «Miyamda aylanayotgan shamol» seriali
2006 yil – «Shifokorlar» seriali
2004 yil – «Tog'a» mini seriali
2003 yil – «So'nggi nafasimgacha» mini seriali.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: “Hovli” serialidagi Azra haqida siz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%