VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

10:04
Hindistonlik tadbirkor soch ektirgani sabab vafot etdi
Hindistonlik tadbirkor soch ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasidan keyin vafot etdi. Bu haqda Times of India xabar berdi.

Logistika kompaniyasi xo‘jayini 43 yoshli Shravan Kumar Chaudxari Mumbaydagi plastik operatsiyaga ixtisoslashgan xususiy klinikalardan biriga 8-mart kuni oilasidan yashirincha murojaat qilgan.

Erkak 500 ming rupiya evaziga (72 dollar) bir vaqtning o‘zida 9250 soch tolasini ko‘chirib o‘tkazishni so‘ragan. Qoidaga ko‘ra, operatsiya davomida 3 mingdan ortiq soch tolasini o‘tkazish mumkin emas. Plastik jarroh faqat 3,7 ming soch tolasini ko‘chirib o‘tkazishga rozi bo‘lgan. Operatsiya 12 soat davom etgan. Qoidaga ko‘ra, operatsiya uzog‘i bilan 6—8 soat davom etishi kerak.

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng erkakda og‘ir allergik reaksiya — anafilaktik shok boshlangan. Bo‘g‘ila boshlagan tadbirkor kasalxonaga yotqizilgan. Bir necha organlari ishdan chiqqach, tadbirkor ertasi kuni organ yetishmovchiligidan vafot etgan.

Klinikaning bosh shifokori Vikas Xalvay operatsiyadan oldin Chaudxari barcha tekshiruvlardan o‘tganini tasdiqlagan. Politsiya voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.

Hindiston plastik jarrohlar uyushmasi vakili nafas olish bilan bog‘liq muammoni “soch tolalarini ko‘chirib o‘tkazishdan so‘ng yuzaga keladigan noyob holat” deb atagan. U, shuningdek, bemor kamida bir sutka shifokor nazoratida bo‘lishi kerakligini qo‘shib qo‘ygan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: Hindistonlik tadbirkor soch ektirga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%