12:09
Hindistondagi Snapchat foydalanuvchilari ommaviy ravishda dasturni o‘chira boshladi
Snapchat’ning xorijiy mamlakatlarda tarqalishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda kompaniya asoschisi Evan Shpigel “kambag‘al mamlakatlarda” dasturning kelajagi yo‘qligi haqida gapirgan. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Dastur boy insonlar uchun mo‘ljallangan. Men uni Hindiston va Ispaniya kabi kambag‘al mamlakatlarda rivojlantirishni xohlamayman.

Evan Shpigel, Snapchat asoschisi

Evanning so‘zlari Snap’ning sobiq xodimi Antoni Pompliano kompaniyani dasturning statistikasini soxtalashtirishda ayblaganidan so‘ng ommaga ma’lum bo‘ldi.

Foydalanuvchilar o‘z noroziliklarini #Uninstallsnapchat heshtegi ostida bildirmoqda.

Snapchat 100 million hindistonlik foydalanuvchini yo‘qotmoqda. Men uni hatto o‘rnatmaganman ham.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 522 | Добавил: Admin | Теги: Hindistondagi Snapchat foydalanuvch | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close