Сб, 07.12.2019, 04:03
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2761]
Yangiliklar Foto [52]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


21:17
Hindistonda leopard 6 yashar bolani tilkalab tashladi…
Fojia Hindistonning Uttarakxand shtatidagi Birgoli qishlog'ida sodir bo'ldi. O'rmondan qishloq ko'chasiga bemalol chiqib kelgan leopard o'zi yashaydigan uy yonida o'ynayotgan 6 yashar bolaga tashlangan. Yonidagi o'rtoqlari, qishloq ahli leopardni urib haydagan. Afsuski, yirtqich bolakayni o'ldirib ulgurgandi.

Qishloq ahlining aytishicha, bo'lib o'tayotgan shunday fojialarda mahalliy rahbarlar va o'rmon xo'jaligi mutasaddilari aybdor. Leopardlar bemalol o'rmondan chiqib kelib qishloq odamlariga, hayvonlarga tashlanmoqda, o'ldirib ketmoqda. Biroq rahbarlarning parvoyi falak.

— Agar o'sha yirtqich leopardni odamxo'r deb e'lon qilinmasa, uni tutib o'ldirilmasa, biz qishloqdagilar o'zimiz bu ishni amalga oshiramiz. — deyishmoqda Bilgori qishlog'idagilar.

Yanvar oxirida ham leopard cho'ponlar yashaydigan uy yoniga yaqinlashib kelib tashqarida uxlayotgan 4 oylik chaqaloqni olib qochgan. Keyinchalik chaqaloqning tilkalangan jasadini 1,5 kilometr uzoqlikdan topishgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 25 | Добавил: Admin | Теги: Hindistonda leopard 6 yashar bolani | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019