Вт, 21.08.2018, 03:46
Приветствую Вас, Mexmon

09:25
Hindiston maktablariga "baxt darsi" kiritildi
Dehlidagi maktablarga baxt darsi joriy qilindi, deb yozmoqda muslim.uz nashri. Ta’lim vaziri o‘rinbosari Manisha Sisolining ta’kidlashicha, baxt darsi ming yillar davomida o‘tib kelingan. Dars 30-45 daqiqa davom etadi.

Dars qoidasiga ko‘ra, o‘quvchilar yoshiga qarab guruhlarga bo‘linadi: bitta guruhda maktabgacha ta’lim yoshidigilardan tortib ikkinchi sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar; ikkinchi guruhda uchinchi sinfdan boshlab beshinchi sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar va uchinchi guruhga 6-sinfdan 8-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar kiradi.

O‘quvchilarning darsni qanchalik o‘zlashtirgani baholanmaydi, chunki bu darsda test va uy vazifalari bo‘lmaydi. Darsning maqsadi – o‘quvchilarning ongini, hushyorligini oshirish, salbiy fikrlardan yiroq bo‘lishga yordam etish, muomalani o‘rgatish, siqilishlarni bartaraf etishdan; talabalarda esa o‘zini har qanday vaziyatda qo‘lga ola bilish, turli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qila olish va botinidagi quvvatni ishga solishni o‘rgatishdan iborat.

Baxt darsi bolalarda ruhiy tushkunlikka tushib qolish, siqilishlarga barham berish va bezovtalanishning oldini oladi. Darsning faoliyat yo‘nalishi o‘z qadrini his qilishni, fikrini tiniq ifoda etish va ruhiy tarbiyani o‘zida mujassam etadi.

Darsning samaradorligini Dehli hukumati qoshida tashkil etilgan 200 o‘qituvchidan iborat komissiya kuzatib boradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston o‘smirlarining to‘rtdan bir qismi 13 dan 15 yoshgacha kuchli depressiyani boshdan kechiradi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 63 | Добавил: Admin | Теги: Hindiston maktablariga baxt darsi k | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar