Чт, 13.12.2018, 14:12
Приветствую Вас, Mexmon

20:27
Gretsiyada plastik paketlar uchun soliq joriy etildi
Gretsiyada 1-yanvardan ekologik soliq joriy etildi: endi supermarketlarda plastik paket uchun 4 yevrotsent to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Kelgusi yil 1-yanvardan ularning narxi 9 yevrotsentgacha ko‘tariladi. Rasmiylar ularni utilizatsiya qilish va ko‘p marotabali paket va sumkalardan foydalanishni rag‘batlantirishi bildirilmoqda.

“Plastik paket odatiy iste’molimizdan chiqib ketishi kerak. Biz iste’molchilarning o‘zini tutishini o‘zgartirmoqchimiz. Ular fuqaro sifatida ekologik oqibatlarni his etishi kerak”, — deydi atrof-muhit vazirining o‘rinbosari Sokratis Famellos.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gretsiyada plastik paketlardan Yevropaga nisbatan o‘rtacha ikki barobar ko‘proq foydalaniladi: 2015-yilda Yevroittifoqda bir kishiga yil mobaynida 175, Gretsiyada esa 363 paket to‘g‘ri kelgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 215 | Добавил: Admin | Теги: Gretsiyada plastik paketlar uchun s | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar