Главная » 2018 » Май » 25 » Gollivud aktyori Morgan Frimanni tegajoqlikda ayblashdi
13:48
Gollivud aktyori Morgan Frimanni tegajoqlikda ayblashdi
Sakkiz nafar ayol CNN telekanaliga anonim tarzda aktyor Morgan Friman tomonidan jinsiy tegajoqlik yoki nomaqbul xulqqa uchragani haqida ma'lum qildi, deb yozadi Meduza.ga asoslanib daryo.uz Yana sakkiz kishi aktyorning bunday xatti-harakatlariga guvoh bo'lganini tasdiqladi.

CNN manbalariga ko'ra, aktyor suratga olish maydonchasida, o'zi rol ijro etgan filmlarning reklama kampaniyalari chog'ida, shuningdek, o'zining Revelations Entertainment prodyuserlik kompaniyasi ofisida nomaqbul luqmalar tashlagan yoki ularga daxl qilgan.

Bir necha ayol Friman ishtirokidagi Going in Style («Chiroyli tarzda ketish») va Now You See Me («Aldov illyuziyasi») filmlarini suratga olish jarayonida aktyor ularga tegajoqlik qilgani va nomaqbul gaplar aytganini da'vo qilgan.

CNN xabarida qayd etilishicha, maqolani tayyorlash chog'ida jurnalistlar Friman bilan birga ishlagan o'nlab kishilarga murojaat qilgan. Ularning ba'zilari aktoyrning nomaqbul xatti-harakatlarini hech qachon kuzatmaganligini aytgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 83 | Добавил: Admin | Теги: Gollivud aktyori Morgan Frimanni te | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz