Вт, 25.09.2018, 08:50
Приветствую Вас, Mexmon

12:08
GM Uzbekistan ayrim avtomobillarni yetkazib berish muddatlarini 60 dan 40 ish kunigacha qisqartiradi
GM Uzbekistan ayrim avtomobillarni yetkazib berish muddatlarini qisqartiradi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

GM Uzbekistan AJ Lacetti (1-pozitsiya), Cobalt (2-pozitsiya) va Nexia (4-pozitsiya AT) avtomobillarini xaridorlarga yetkazib berish muddatini 60 dan 45 ish kunigacha, Lacetti (1-pozitsiya GBU bilan) avtomobili yetkazib berishni esa 60 dan 40 ish kunigacha qisqartirmoqda.

“Aytish joizki, bosqichma-bosqich boshqa avtomobil modellarini yetkazib berish muddatlari ham qisqarib, bu haqda qo‘shimcha ravishda xabardor qilib boriladi”, — deyildi xabarda.

Ta’kidlanishicha, kompaniya o‘z xizmatlarini takomillashtirib borishni davom ettirgan holda, faoliyatning zamonaviy modeliga o‘tmoqda, bunda avtomobillarning u yoki bu modeli, butlovchi qismlari va ranglari xaridorlarning talablari asosida shakllantiriladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 37 | Добавил: Admin | Теги: GM Uzbekistan ayrim avtomobillarni | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar