Вс, 22.07.2018, 11:52
Приветствую Вас, Mexmon

10:12
Germaniyada yonib ketgan qush katta yong‘inga sabab bo‘ldi
Germaniyaning Rostok shahrida elektr sim ustida o‘tirgan qush sababli yirik yong‘in yuz berdi. Elektr tarmog‘ida yuz bergan qisqa tutashuv sababli qush yonib ketgan va ostida joylashgan ekin maydoniga tushgan. Bu haqda Kun nashri xabar bemoqda.

Quruq havo sababli olov tezda yoyilib, qo‘shni dalaga o‘tgan va buning natijasida deyarli 7 gektar maydon olov ichida qolgan. Yong‘inni o‘chirishga 50 dan ko‘proq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.

Yong‘inga qush sabab bo‘lganini politsiyaga guvohlar ma’lum qilishgan.

Rostok Germaniya shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, oxirgi oylarda mahalliy fermerlar hududda uzoq vaqtdan beri yog‘ingarchilik bo‘lmayotgani sababli yuzaga kelgan murakkab vaziyatdan bir necha marta arz qilishgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 86 | Добавил: Admin | Теги: Germaniyada yonib ketgan qush katta | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar