09:58
G‘oyib bo‘lgan keniyalik o‘z dafn marosimi kuni mast holda topildi
G‘oyib bo‘lgan Keniya fuqarosi
mast holda qo‘shni shahardan
topilgach, uning dafn
marosimi bekor qilindi, deb
yozadi Daily Mirror.

Keniyalik mototaksichi Uilson
Oluok uch hafta davomida
uyiga kelmagan. Shakarqamish
plantatsiyasidan erkak
kishining jasadi topilgach,
qarindoshlari uni Uilson deb
o‘yladi va dafn marosimiga
tayyorgarlik ko‘ra boshladi.

Qabr qazib bo‘lingach, kimdir
ularga yo‘qolgan taksichini
Rongo shahrida ko‘rib
qolishganini aytdi.
Qarindoshlari aytilgan manzil
bo‘yicha borib, haqiqatan ham
Uilsonni topdi. U kuchli mastlik
holatida barda o‘tirgandi.

G‘oyib bo‘lgan erkak bir necha
hafta oldin uyiga qaytib
borganini, ammo qattiq
uyalganidan qochib ketib,
yangi hayot boshlashga qaror
qilganini aytdi.

Quvonib ketgan oila a’zolari
dafn marosimini bekor qilib,
uning o‘rniga Uilsonning
eson-omon qaytganiga
bag‘ishlangan bayramni
o‘tkazishdi. Uning o‘zi
poklanish marosimini
o‘taganidan keyin qishloqqa
kiritiladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 586 | Добавил: Admin | Теги: G‘oyib bo‘lgan keniyalik o‘z dafn m | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close