Пт, 15.11.2019, 21:14
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2741]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


11:02
FVV “Qamchiq” dovonidagi vaziyat tufayli haydovchilarni ogohlantirdi
Kuz-qish mavsumi kirib kelishi munosabati bilan “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida ob-havo haroratining keskin pasayishi kuzatilishi (qisqa muddatli yomg‘ir va qor yog‘ishi) mumkin.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida dovon hududida harakatlanishdan oldin quyidagi mutaxassis tavsiyalariga e’tibor qaratishni so‘radi:

avtomobillarning texnik holatini to‘liq ko‘zdan kechirish;
dovon orqali yetarli darajada yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan harakatlanish;
avtotexnikalarning qish mavsumida harakatlanish uchun maxsus shinalar bilan almashtirish;
“Qamchiq” dovoni orqali harakatlanganda hushyorlikni yanada oshirish va yo‘llarda to‘xtab dam olish;
viloyatlararo yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, firmalar, xususiy tadbirkorlar tomonidan haydovchilar bilan profilaktik tadbirlar o‘tkazish.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 36 | Добавил: Admin | Теги: FVV “Qamchiq” dovonidagi vaziyat tu | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019