09:08
Fransiyada kam uchraydigan bolalar ichki yallig‘lanishi sindromi aniqlandi

Fransiya sog‘liqni saqlash vazirligi Olivye Veran mamlakatda bolalar o‘rtasida juda kam uchraydigan yallig‘lanish sindromi kuzatilayotganligini va buning COVID-19’ga aloqasi bor yoki yo‘qligi haqida hozircha ma’lumot yo‘qligini ma'lum qildi.

Avval Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy tizimi vakillari (NHS) Fransiyadagi shifokorlarga bolalarning ko‘p tizimli yallig‘lanish holatida jonlantirish bo‘limlariga yotqizilayotganini, ularda qorinda og‘riqlar kuzatilayotgani, yurakda muammolar borligi va bu koronavirus bilan bog‘liqligi haqida ogohlantirgandi.

Veran bu haqda parijlik shifokorlardan xabarnoma olganini qayd etdi.

“15 nafarga yaqin bolada isitma chiqishi, ovqat hazm qilishda muammolar va ichaklar yallig‘lanishi sindromi kuzatilmoqda, bu bemorlarda yurak yetishmovchiligini chaqirishi mumkin”, – deya Veran so‘zlarini keltiradi France Info.

“Bilishimcha kasallangan bolalarning hech biri ushbu asoratlar oqibatida vafot etmagan, kasallik belgilari avval juda kam uchragan, ular oqibatida yurak kasalliklari, xususan, miokardit kelib chiqishi mumkin”, – degan vazir.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 222 | Добавил: Admin | Теги: Fransiyada kam uchraydigan bolalar | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close