Сб, 18.08.2018, 05:45
Приветствую Вас, Mexmon

09:12
Finlyandiya dunyoda eng toza havoli mamlakat bo‘lib chiqdi
Dunyodagi eng yaxshi sifatli havo Finlyandiyada qayd etildi, deb yozadi “RIA Novosti” Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga tayanib.

Tashkilot ekspertlari ta’kidlashicha, Finlyandiyada chang mikrozarralari miqdori bir kub metrda olti mikrogrammga teng — bu dunyodagi eng past ko‘rsatkich. Reytingda Finlyandiyadan tashqari, Estoniya, Shvetsiya, Norvegiya va Islandiya yetakchilik qilmoqda.

Yaqin va Uzoq Sharq hamda Afrika mamlakatlarida esa havo sifati eng yomon bo‘lib chiqdi. Ushbu hududlarda chang zarralarining zichligi reytingdagi yetakchi mamlakatlar ko‘rsatkichlaridan o‘n marotaba ziyodroqdir. Dunyodagi eng ifloslangan havo Uganda, Mo‘g‘uliston, Qatar va Kamerunda qayd etildi.

JSST tadqiqotlari 2008—2016-yillarda 100 ta mamlakatda olib borilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 114 | Добавил: Admin | Теги: Finlyandiya dunyoda eng toza havoli | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar