Главная » 2018 » Май » 7 » Film suratga olayotgan rejissyor jirafa bergan zarba tufayli olamdan o`tdi
06:37
Film suratga olayotgan rejissyor jirafa bergan zarba tufayli olamdan o`tdi
47 yoshli rejissyor Karlos Karvalo film suratga olayotganda jirafa bergan zarba tufayli olamdan o`tdi, deb xabar berdi lenta.ru nashri.

Suratga olish guruhi ishtirokchilaridan birining so`zlariga qaraganda, rejissyor Jerald laqabli jirafani yirik planda suratga olayotgan vaqtda jirafa unga boshi bilan zarba bergan. Karvalo Yoxannesburg kasalxonasiga olib borilganiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo`lmadi.

Park xodimlari mazkur voqeada jirafani ayblash noo`rinligini ma`lum qilishdi. Ularning aytishicha, rejissyorning o`zi xavfsizlik qonun-qoidalariga rioya qilmagan.

Karlos Karvalo yovvoyi tabiat haqida filmlarni suratga olish bilan shug`ullangan. U xalqaro mukofotlar, “Kumush sher” va Afrika kinematografiya akademiyasining nufuzli mukofotlari bilan taqdirlangan mashhur rejissyorlardan biri edi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 74 | Добавил: Admin | Теги: Film suratga olayotgan rejissyor ji | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz