Главная » 2017 » Декабрь » 11 » Farhod Aliyev: “Meni hurmat qilmagani uchun xotinim va qizlarimni o'ldirganman”
08:45
Farhod Aliyev: “Meni hurmat qilmagani uchun xotinim va qizlarimni o'ldirganman”
Avvalroq, saytda Ozarbayjonlik Farhod Aliyevning o'z xotini va to'rt nafar qizini o'ldirgani to'g'risida xabar bergan edik.

Bu qotillikda gumonlanib qo'lga olingan, 1954 yilda tug'ilgan Farhod Aliyev tergov jarayonida o'z qilmishi yuzasidan javob bera boshladi. Tergovchilarning “O'z xotiningiz va qizlaringizni nimaga o'ldirdingiz?”, deb berilgan savolga, qilingan javob hammani karaxt qilib qo'ydi.

Farhod Aliyevning aytishicha, u farzandlarining o'ziga bo'lgan munosabatidan norozi bo'lgan. “Farzandlarim meni oila boshlig'i sifatida hurmat qilishmas, menga umuman qarashmasdi. Shuning uchun ularni o'ldirdim”, deb taergovchining savollariga javob berdi, Farhod.
Huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining xabariga ko'ra, Farhod Aliyevning xotinini atrofdagilar mehnatsevar, deb bilishgan. U o'z farzandlarini oyoqqa qo'yish uchun juda ko'p ishlagan. Oila boshlig'i esa, spirtli ichimliklar iste'moliga mukkasidan ketgan.

Farhodni taniydiganlar uni hech qaerda ishlamagani, har doim mast holda yurganligini aytishgan.
Shuningdek, Aliyev qanday qilib besh kishini o'ldirganini ham gapirib bergan. U va uning o'g'li Fagan, xotin va qizlarini alohida xonalarga olib kirib, ketma-ket o'ldirganlar.

Dastlabki tergov jarayonida Farhod Aliyev, o'sha kuni oilada mojaro bo'lgani, qizlari esa onasini himoya qilgani haqida gapirgan. Keyin, Farhod Aliyev ularning boshiga temir bilan urgan. Ularni o'ldirishda Farhod Aliyevga o'g'li Fagan yaqindan yordam bergan.
Farhod Aliyev xotini va farzandlarining jasadini yerto'laga tushirib, ko'rpaga o'rab, ko'mib tashlagan.
Tergov ishlari davom etmoqda.

Manba: Qalampir.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 308 | Добавил: Admin | Теги: Farhod Aliyev: “Meni hurmat qilmaga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz