09:32
Farg‘onada xonadonida fohishaxona saqlagan ayol qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida o‘z uyida fohishaxona tashkil qilib, o‘zgalarning jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib bergan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 15-aprel, chorshanba kuni, Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida V.O‘. yashash xonadonida fohishaxona tashkil qilib, E.X. va M.M. ismli fuqarolarning jinsiy aloqa qilishi uchun 200 ming so‘m evaziga sharoit yaratib bergan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan V.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Qo‘qonda yashash xonadonida fohishaxona saqlagan ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 129 | Добавил: Admin | Теги: Farg‘onada xonadonida fohishaxona s | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close