Вт, 25.09.2018, 08:02
Приветствую Вас, Mexmon

16:40
Farg‘onada ona o‘z qizini jinsiy aloqaga majburlaganlikda gumon qilinmoqda
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida istiqomat qiluvchi ayol g‘arazli maqsadda voyaga yetmagan qizini (14 yosh) jinsiy aloqaga kirishishga majburlashda gumon qilinmoqda, deya xabar qildi “Gazeta.uz”ning huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasi.

Avgustda ayol uch erkakka o‘z qizi bilan jinsiy aloqaga kirishishlari uchun vositachilik qilgan. O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, qizning 17−18 haftalik homilasi sun’iy yo‘l bilan tushirilgan.

Sud-psixiatriya ekspertiza xulosalarida qizning onasi va uch erkak o‘z harakatlarini tushunib yetgani va o‘z harakatlarini boshqara olganligi, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llashga muhtoj emasligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi ruhiy kasalliklar shifoxonasining sud-kompleks psixologik-psixiatriya ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan qiz aqli zaiflikning yengil darajasi deb nomlangan tug‘ma ruhiy kasallik bilan kasallanganligi, u o‘ziga nisbatan qilingan jinsiy harakatlarning mohiyatini to‘liq tushunmaganligi ko‘rsatilgan.

To‘rt gumondorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari yakunlanib, ish jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudiga taqdim etilgan.

Tahririyatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, barcha mas’ul shaxslarga nisbatan ham xizmat tekshiruvi boshlangan.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva mazkur holat yuzasidan izoh berar ekan, jamoatchilikni bu kabi holatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lganda tegishli organlarga murojaat qilishga chaqirdi.

U yil oxirida Xotin-qizlar qo‘mitasining yagona ishonch raqami ishga tushishi, u orqali ayollar va qizlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishlari, zarurat tug‘ilganida esa yaqin markazlar ko‘magidan foydalanishlari mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Tanzila Norboyeva profilaktika inspektorlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, maktablar va Yoshlar ittifoqi o‘rtasida bu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha samarali aloqa yo‘qligini ham tan oldi.

Manba: Zamin.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 517 | Добавил: Admin | Теги: Farg‘onada ona o‘z qizini jinsiy al | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar