Пн, 11.11.2019, 23:03
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2731]
Yangiliklar Foto [51]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 267
Мини-чат
Статистика


13:29
Farg'onada ikki nafar pul o'g'risini olomon shafqatsizlarcha jazoladi…
Bu voqea shu oy boshida Farg'ona viloyati Dang'ara tumanidagi Beshkapa qishlog'ida sodir bo'ldi. 64 yoshli mahalliy fermer bu yil olingan hosilni ulgurji sotib mo'may daromad ko'rgandi. Ikki o'g'ri uning uyiga kirgan-u, pullarni o'marishga kirishgan. Uy egasi sezib qolib shovqin ko'targach, o'g'rilar pullarni olib ko'rpachaga o'ragancha juftakni rostlagan. Biroq olomon ularni tutib oldi va o'lasi qilib kaltakladi. Kimdir ikkovini eshakka teskari mindirib sazoyi qilishni maslahat berdi. Yana kimdir o'ldirib yuborish kerakligini aytdi. Olingan videoroliklarda ko'rinib turibdiki, g'azabga kelgan olomon o'g'rilarni shafqatsizlarcha kaltaklagan. Kimdir ularni hushiga keltirish uchun yuziga suv purkamoqda.

Xullas, oraga militsiya xodimlari tushgan va o'g'rilar qo'lga olingan. Ular-ku, mayli, o'g'rilarni kaltaklaganlar jazoga tortiladimi-yo'qmi, hozircha noma'lum. Farg'ona viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari yaqin vaqtlarda bu masalaga oydinlik kiritilishini aytib o'tdi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 41 | Добавил: Admin | Теги: Farg'onada ikki nafar pul o'g'risin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Reklama
Copyright MyCorp © 2019