. Eronning yirik shaharlarida koronavirus sabab juma namozlari bekor qilindi - 5 Марта 2020 - www.Voybu.net | Молодежный Портал
Voybu.Net
Ср, 01.04.2020, 23:26
ГлавнаяРегистрацияВход Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта

Категории раздела
Yangiliklar [2871]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [146]

Мини-чат

Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 276

Статистика


11:57
Eronning yirik shaharlarida koronavirus sabab juma namozlari bekor qilindi
Eronning barcha viloyatlardagi ma’muriy markazlarida yangi turdagi koronavirus sabab juma namozlari rasman bekor qilindi. Bu haqda juma imomlari kengashi rahbari Ali Akbariyga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Koronavirus tarqalishini nazorat qilish bo‘yicha milliy shtabning qaroriga ko‘ra, mamlakatning barcha viloyatlarning ma’muriy markazlarida ushbu haftada juma namozi o‘qilmaydi”, — deyiladi xabarda.

O‘tgan hafta Tehronda juma namozlari bekor qilingan edi.

Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi 19-fevral kuni mamlakatda koronavirus bilan kasallangan birinchi holat qayd etilganini ma’lum qilgandi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda koronavirus bilan zararlanish bo‘yicha tasdiqlangan holatlar soni 2336 taga yetgan. Avvalroq Eronning xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Ma’suma Ebtekar va Eron sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Iraj Xarirchining koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan edi. Hozirda ular davolanmoqda.

Bundan tashqari, Muvofiqlik kengashining oliy a’zosi Muhammad Mirmuhammadiy va Eronning Vatikandagi sobiq elchisi Xadi Xisravshohiy koronavirusdan vafot etgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 26 | Добавил: Admin | Теги: Eronning yirik shaharlarida koronav | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Login:
Parol:

Поиск

Календарь
«  Март 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031

Архив записей

Друзья сайта

Copyright MyCorp © 2020