Пн, 10.12.2018, 19:04
Приветствую Вас, Mexmon

12:22
Endigina qamoqdan chiqqan erkak xotiniga ayanchli o'lim hadya etishga ahd qildi. Nega?..
«Bukrini go'r tuzatadi» deb behuda aytishmaydi. Rossiyaning olis viloyatlaridan birida yashovchi Viktor ismli erkak o'g'irlik uchun uch yilga qamalib ketgandi. Yaqindagina turmadan chiqdi-yu, qadrdon kvartirasiga yetib keldi.
To'g'ri, uch yil badaliga xotini Olya biror marta undan xabar olmadi. «Peredachka»lar olib bormadi, hech bo'lmasa, xat yozib hol so'ramadi. Viktorga alam qilardi-yu, ammo mamnun edi. Harqalay, qamoq muddati tugadi. Endi bemalol erkin yashayversa bo'ladi.
Baxtga qarshi kvartira eshigi ochilgach, Viktorning ko'z o'ngida kutilmagan manzara namoyon bo'ldi. Ko'rdiki, xotini Olya homilador…
Viktorning peshonasini muzdek ter bosdi…
Axir… Bu qanaqasi? Nega? Olya bilan turmush qurishganiga o'n yil bo'ldi. Hali unga farzand hadya etmagandi. To'g'ri, shu o'n yilning atigi uch yilinigina Viktor ochiqda o'tkazgan. Lekin baribir alam qilarkan…
— Hali mening turmadaligimdan foydalanib o'ynash orttirdim degin? — dag'dag'a aralash so'z qotdi Viktor. — Qachon topisha qolding? Kim u o'ynashing? Qani?..
Olya javob berishga ulgurmay, Viktor ichkariga kirib, tashqari eshikni qulflashga ulgurdi.
— U o'ynashim emas, — dedi Olya Viktorning ko'zlariga tik boqib. — Biz Stanislav bilan qonuniy turmush qurganmiz. Undan homiladorman.
— Shunaqami? — dedi Viktor bosh qashigancha kvartiraga zimdan ko'z tashlab. — Ulguribsizlar-da hamma narsaga!
— Men turmadan qaytishingni kutdim, — dedi Olya. — Mana, o'sha kun keldi. Endi sudga ariza berib qonuniy ajrashsak bo'ladi. Keyin… Sen endi bu kvartirada yashamaysan. Ana, oying oilaviy yotoqxonadagi kvartirasini bo'shatib qo'ygan. O'sha yerga ko'chib o'taver! Bu yerda… Sen ortiqchasan…
— Hm-m, shunaqami hali? — Viktor tishlarini g'ijirlatgancha asta oshxonaga o'tdi. Olya esa qorniga ikki kaftini bosgan ko'yi javdirardi. — Men o'z uyimda ortiqchalik qilib qolibman. Ikki yosh emin-erkin yashashi kerak. Men bo'lsam yotoqxonaga ko'chib o'tishim kerak… Tushunarli…

Viktor bir necha o'n soniya oshxonada boshini eggancha aylanib turdi-yu, kutilmaganda stol ustidagi o'tkir pichoqni qo'liga oldi va kela solib Olyaning qornini tilib tashladi…

Shundan keyin hech narsa bo'lmagandek, yo'lakda qoniga belanib yotgan Olyaning ustidan bir hatlab tashqariga yo'l oldi…

Odamning tanasida shunchalar ko'p qon bo'ladimi axir… Olya polni bo'yab ulgurgan, yana oqishda davom etayotgan qonga qarab yanada dahshatga tushardi.

Ko'z o'ngini quyuq tuman qoplay boshlagan. Tig' o'rni qattiq azob beryapti. Nima qiladi? Endi shu taxlit o'lib ketaveradimi? Farzandli bo'laman deganda, orzulari sarobga aylanadaimi?..

Yo'q, u bir amallab o'zida kuch topa oldi. Zaldagi telefongacha yetib, «Tez yordam»ga qo'ng'iroq qilishga harqalay ulgurdi. Shundan keyingina hushidan ketdi…
Xayriyat, xudoga aytgani bor ekanmi, vrachlar o'zining ham, bolasining ham hayotini saqlab qolishdi. Homila 8 oylik bo'lishiga qaramay, o'z kasbining ustalari Olyani noumid qoldirishmadi.

Tez kunda eri Stanislav xizmat safaridan qaytdi. Bo'lib o'tgan voqealardan xabar topgach, bundan buyon hech qachon xizmat safariga bormaslikka qasam ichdi.

Viktor esa… Ha, u atigi bir kungina ozodlikda yashadi. Bu gal Viktorni 10 yilga qamashdi. Jazoni intizom kuchaytirilgan koloniyada o'taydigan bo'ldi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 325 | Добавил: Admin | Теги: Endigina qamoqdan chiqqan erkak xot | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar