Вс, 22.07.2018, 11:19
Приветствую Вас, Mexmon

17:36
Endi ma'muriy sud tungi vaqtida ham ishlaydi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 iyundagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga ko'ra 2018 yil 1 iyulidan Toshkent shahrida jamoat tartibini ta'minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishni nazarda tutadigan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasini amalga oshirishda eksperiment tariqasida quyidagilar ma'qullandi:

soat 16:00 dan 8:00 ga qadar vaqt oralig'ida ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya saf bo'linmalari jamoat tartibini ta'minlash kuchlarining kamida 70 foizini, shuningdek, jamoatchilik vakillarini (keyingi o'rinlarda – jamoat tartibini ta'minlash kuchlari) jalb qilish orqali kunu tun uch smenali patrul rejimini tashkil etish;

ichki ishlar va prokuratura organlarining profilaktika, tezkor va tergov bo'linmalari, ma'muriy sudlar, advokatura, shuningdek, sud-tibbiy ekspertiza xizmatlari xodimlari tomonidan sutkaning kechki va tungi vaqtida xizmat faoliyatini to'liq amalga oshirish, keyinchalik sutkaning kunduzgi vaqtida o'n olti soat davomida ularni bevosita xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etish;

huquqbuzarliklarning o'z vaqtida oldini olish va ularga chek qo'yish maqsadida ichki ishlar organlari bo'linmalari, birinchi navbatda, jamoat tartibini ta'minlash kuchlarining patrul guruhlari hodisa sodir bo'lgan yoki signal berilgan joyga maksimal tezkorlik bilan yetib borishini ta'minlash.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 40 | Добавил: Admin | Теги: Endi ma'muriy sud tungi vaqtida ham | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar