Главная » 2018 » Апрель » 14 » Ekaterinburglik enaga 3 yoshli tarbiyalanuvchisi ko'z o'ngida uning onasini qiynab o'ldirdi… Nega?..
06:51
Ekaterinburglik enaga 3 yoshli tarbiyalanuvchisi ko'z o'ngida uning onasini qiynab o'ldirdi… Nega?..
Ekaterinburgda istiqomat qiluvchi Ye. Krыsova ismli enaga o'zi tarbiyalayotgan 3 yoshli go'dak guvohligida uning onasini, ya'ni, o'z xo'jaykasini pichoqlab o'ldirdi. Tergov materiallarida ta'kidlanadiki, enaga uy bekasining bel qismiga ko'plab tig' jarohatlari yetkazgan. Bundan tashqari, tig' bekaning bo'yin, bosh, ko'krak qismiga ham urilgan. Ko'p qon yo'qotish oqibatida uy bekasi olamdan o'tdi.

Achinarlisi, enaga xo'jaykaning jasadini shundayligicha qoldirgan-u, go'dak parvarishida davom etgan. O'sha payt marhumaning ikki farzandi maktabda, eri esa ishda edi. Oradan bir necha soat o'tgach, er uyiga qaytgan. Ne ko'z bilan ko'rsinki, xotini qoniga bo'yalib yotar, enaga bo'lsa, go'yo hech narsa bo'lmagandek, uch yashar go'dakka qarashda davom etardi. Erkakni ko'rgandan keyin qotil enaga unga yaqin bordi-da, sokinlik bilan shivirladi:
— Xotiningizni men o'ldirdim! Politsiyani chaqiravering!..

Tez orada qotil enaga qo'lga olindi. Yekaterinburg shahar, Orjonikidze tuman jinoyat sudi qotilni 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm e'lon qildi. U jazoni umumiy rejimga ega koloniyada o'taydigan bo'ldi…
Keyinchalik qotilning yana bir siri oshkor bo'ldi. Bu oilaga anchadan beri hasad qilarkan. O'zining ham shunday katta, baxtli oilasi, mehribon eri bo'lishini o'ylab siqilarkan. Uy bekasini ham ayni qalbidagi alanga olgan hasad tufayli o'ldiribdi.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 71 | Добавил: Admin | Теги: Ekaterinburglik enaga 3 yoshli tarb | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Soundtracklar Olami

Сделать бесплатный сайт с uCoz