13:47
“Dedpul 2” AQSh kinoteatrlarida 2018-yil iyundan boshlab namoyish etiladi
“Dedpul” jangari filmining davomi AQSh kinoteatrlarida 2018-yil 1-iyundan namoyish etiladi. Bu haqda Afisha Daily xabar bermoqda.

“Dedpul 2” kartinasiga “Jon Uik” jangari filmini suratga olgan Devid Litch rejissyorlik qiladi. Undagi bosh rolni yana Rayan Reynolds, mutant Keybl rolini esa Josh Brolin ijro etadi.

Shuningdek, 2018-yilda Iks-odamlar haqida yana ikki film: “Yangi mutantlar” (13-aprel) va “Iks-odamlar: qora qaqnus” filmi tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Manba: Daryo.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 518 | Добавил: Admin | Теги: “Dedpul 2” AQSh kinoteatrlarida 201 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close