Вс, 22.07.2018, 11:30
Приветствую Вас, Mexmon

17:35
Dahshat! Erkak o'ziga turmushga chiqishni xohlamagan qizni o'ldirdi!
Pokistonda bir erkak unga turmushga chiqishdan bosh tortganligi uchun qizni otib tashladi. Hodisa esa o'sha yerdagi kuzatish kameralariga tushib qoldi, deya xabar berdi “The News” gazetasiga asoslanib “lenta.ru”.

Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, familiyasi Abrar bo'lgan erkak o'zi qorovul bo'lib xizmat ko'rsatadigan avtobus kompaniyasida u bilan birga ishlaydigan 18 yoshli familiyasi Mehvish bo'lgan qizga oila qurish taklifini bildirganu, rad javobini olgan. Bundan qattiq jahli chiqqan erkak qizning ishdan chiqishini poylab turgan va ortidan ergashgan. Qo'lidan ushlab unga nimadir deganu, boshidan otib tashlagan. Qiz o'sha joyida vafot etgan.

Gazetaning yozishicha, qo'riqchi jinoyat joyidan yashirishga uringan, biroq boshqa xodimlar tomonidan ushlanib, politsiyaga topshirilgan. Aytilishicha, qiz otasivafot etgandan keyin oiladagi yagona boquvchi bo'lgan ekan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 125 | Добавил: Admin | Теги: Dahshat! Erkak o'ziga turmushga chi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar