Чт, 13.12.2018, 14:44
Приветствую Вас, Mexmon

08:16
Chirchiqda ayolning soddaligidan foydalanib, uning pulini aldov yo‘li bilan olib, qalbaki pullarni qo‘liga tutqazib ketishdi
Chirchiq shahar IIBga uy bekasi, 1965-yilda tug‘ilgan Sh.X. ariza bilan murojaat qilib, unga qalbaki pul tutqazib ketishganini ma’lum qildi, bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ayol o‘z arizasida joriy yilning 6-dekabr kuni soat 12.00 da Chirchiq shahrida joylashgan ayirboshlash shoxobchasidan 950 AQSh dollarini olib, Oxunboboyev ko‘chasi, 2-uyning oldidan o‘tib ketayotgan vaqtida yerda yotgan AQSh dollari o‘ramini ko‘rib qolganligini, olmoqchi bo‘lganida uning yoniga yoshi taxminan 30—35 larda bo‘lgan notanish Yevropa millatiga mansub shaxs kelib, yerdan topib olgan o‘ramli AQSh dollarini bo‘lib olishni taklif qilganligini, u rozi bo‘lganida aldov yo‘li bilan Sh.X.ga “siz shu yerda tura turing men avtomashinamni qulflab kelaman”,— deb, biroz yurgach orqaga qaytib, “men sizni tanimayman, shuncha pulni sizga ishonib ketolmayman, meni aldab ketishingiz mumkin, yoningizda tilla yoki pulingiz bo‘lsa menga berib turing, shunda meni aldab ketib qolmaysiz”, — deb, ayolning yonida bo‘lgan 950 AQSh dollari miqdoridagi pulini olib, yo‘lda avtomashina to‘xtatib o‘tirib ketganligi, qo‘lidagi dollar o‘rami soxta bo‘lib chiqqanligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyat Toshkent shahrida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan A.L. va 1976-yilda tug‘ilgan A.A.lar tomonidan oldindan rejalashtirib sodir etilganligi aniqlanib ushlandilar.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 206 | Добавил: Admin | Теги: Chirchiqda ayolning soddaligidan fo, uning pulini aldov yo‘li bilan olib, qalbaki pullarni qo‘liga tutqazib k | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar