Вс, 22.07.2018, 11:32
Приветствую Вас, Mexmon

17:38
Buxoroda ikki kishi zovurda cho'milayotganida cho'kib ketdi
9 iyun kuni Buxoro viloyatining Peshku tumanida yashagan I.I. va Romiton tumanida yashagan O.M.lar Xupkalak qishlog'idan oqib o'tuvchi zovurda cho'milayotganlarida ehtiyotsizliklari oqibatida suvga cho'kib ketganlar.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko'ra, jasadlar suvdan topilib olingan.

«Hurmatli fuqarolar, turli hil cho'milish joylariga boradigan bo'lsangiz, xavfsizlik choralarini ko'ring. O'zingiz va yaqinlaringiz hayotiga befarq bo'lmang. Yosh bolalaringizni cho'milish joylariga nazoratchisiz yubormang va ularni nazoratsiz qoldirmang», – deyiladi xabarda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 77 | Добавил: Admin | Теги: Buxoroda ikki kishi zovurda cho'mil | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar