Вс, 15.12.2019, 08:49
Voybu.Net
Приветствую Вас Mexmon | RSS

Меню сайта
Категории раздела
Yangiliklar [2773]
Yangiliklar Foto [53]
Munajjimlar Bashorati [18]
Sport Yangiliklar [145]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 268
Мини-чат
Статистика


12:35
Buxoroda 62 yoshli shaxsning mashinasi uyi oldidan olib qochildi
2019-yil 13-noyabr kuni taxminan soat 10:00 da Buxoro shahar Ibrohim Mo‘minov ko‘chasi 28-uy oldida 62 yoshli fuqaro I.G. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “VАZ 21011” rusumli avtomashina 28 yoshli А.Sh. tomonidan olib qochilgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Xabar berilishicha, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu avtomashina Buxoro shahar Shayx ul-Olam ko‘chasida oldi va orqa davlat raqam belgilari yechib olingan holda topilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashinaning oldi davlat raqam belgisi Zulfiya ko‘chasi yo‘l yoqasidan topilib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 13-noyabr kuni Buxoro shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan А.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 19 | Добавил: Admin | Теги: Buxoroda 62 yoshli shaxsning mashin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Вход на сайт
Login:
Parol:
Поиск
Календарь
«  Ноябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Reklama
Copyright MyCorp © 2019