Вс, 22.07.2018, 11:35
Приветствую Вас, Mexmon

23:01
BU SABZAVOT TURI SIZNI KO'P XASTALIKLARDAN HIMOYa QILADI…
E'tiboringizga havola etmoqchi bo'lganimiz oddiy piyoz xolos. Ammo piyozdan eramizdan avvalgi beshinchi ming yillikda foydalana boshlashgan.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, piyozda magniy, kaliy, folat, kunda iste'mol qilinadigan V6 vitaminining 10 foizi, S vitaminining 20 foizi, shamollashga qarshi kversetin kabilar mavjud ekan.

Olimlar piyoz mavzusida shveysariyalik hamda italiyaliklar ishtirokida tadqiqotlar olib borishdi. Tadqiqotlarda ishtirok etganlar qancha piyozni ko'proq, tezroq iste'mol qilishsa, shuncha kam xastalangani aniqlandi. Piyoz nafaqat xastaliklardan himoya qilarkan, balki suyaklarimizning mustahkamligini ta'minlarkan. Piyoz ovqat hazm qilishda tengsiz, ich qotishlarga qarshi faol kurashadi, qondagi qand miqdorini me'yorda saqlaydi. Ishtahani ochadi, ortiqcha vazndan xalos bo'lishda yordam beradi.

Qonda xolesterin miqdori ko'p bo'lsa, 8 hafta davomida piyoz parhezi ushlanadi. Ko'ribsizki, xolesterin me'yoriga keladi. Pomidor bilan birga qaynatilgan piyoz saraton, yurak xastaliklarining oldini oladi. Piyoz tarkibidagi antioksidantlar ko'z, suyaklar va miya uchun koni foydadir.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 54 | Добавил: Admin | Теги: BU SABZAVOT TURI SIZNI KO'P XASTALI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar