Сб, 18.08.2018, 05:43
Приветствую Вас, Mexmon

05:54
Boshqirdistonda o‘zbekistonlik mehnat muhojirining ustiga devor qulab tushdi
Boshqirdistonning Sterlimak shahrida xususiy tadbirkorga qarashli omborda sherigi bilan demontaj ishlarini amalga oshirayotgan o‘zbekistonlik mehnat muhojiri ustiga devor qulab tushdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

40 yashar o‘zbekistonlik va uning sherigi kasalxonaga joylashtirildi. Shifokorlar ularning holati o‘rtacha ekanligini bildirmoqda.

Ularga yetkazilgan zararni aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi belgilandi.

Rossiya Tergov qo‘mitasining respublikadagi boshqarmasi holat yuzasidan tekshiruv boshladi.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 110 | Добавил: Admin | Теги: Boshqirdistonda o‘zbekistonlik mehn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar