Вс, 16.12.2018, 15:15
Приветствую Вас, Mexmon

20:20
Bollivud yulduzi Salmon Xonga 5 yillik qamoq jazosi berildi
Bollivud yulduzi Salmon Xon Hindistondagi muhofaza ostidagi noyob antilopalarni ovlaganligi uchun besh yilga hibsga olindi. Bu haqda TheGuardian bergan xabarga asoslanib Kun nashri ma’lum qilmoqda.

Rajaston shtati sudi payshanba kuni dunyoning eng ko‘p haq oluvchi aktyorlaridan biri Salmon Xon 1998 yilda Jodhpurdagi s’yomkalar vaqtida o‘z avtomobili derazasidan ikki antilopani noqonuniy ovlashda aybdor deb topildi.

Prokurorlarning ta’kidlashicha, ayni damda 52 yoshni qarshilagan Xon va yana 4 nafar aktyor ularni sezishganini payqashlari bilan jonivorlarni tashlab, voqea joyidan mashinada qochib qolishgan.

Boshqa aktyorlar, jumladan Saif Ali Xon va Sonali Bendre dalillar yo‘qligi sabab Jodhpur sudi tomonidan oqlangan.

Hindiston Yovvoyi tabiat muhofazasi to‘g‘risidagi qonun deyarli barcha yovvoyi hayvonlarni maxsus ruxsatnomasiz ovlashni taqiqlaydi.

Sud Salmon Xonga besh yillik jazo muddatidan tashqari, 10 ming rupiylik jarima ham soldi. Uning advokatlari sud qarorini appelyatsiyaga berishlari va aktyorni imkon qadar tezroq garov evaziga ozod qilishga harakat qilishlarini ma’lum qilishgan. Xon mahalliy shifoxonada tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgach, Jodhpur markaziy qamoqxonasiga yo‘llanadi.

Jodhpurdagi sud zali atrofini aktyorning muxlislaridan himoyalash uchun yuzlab politsiyachilar jalb qilingan.

Manba: Zamin.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 388 | Добавил: Admin | Теги: Bollivud yulduzi Salmon Xonga 5 yil | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar