15:26
Bollivud va Gollivud aktyori Irfon Xon 53 yoshda vafot etdi

Hindistonlik taniqli aktyor Irfon Xon 53 yoshida vafot etdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.

Qayd etilishicha, bir necha yil avval unga neyroendokrin o‘simtasi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik tufayli aktyor filmlardagi suratga olish jarayonini bekor qilgan.

Nashrning qayd etishicha, aktyorning o‘limiga to‘g‘ri ichak infeksiyasi sabab bo‘lgan.

Irfon Xon nafaqat Bollivud, balki Gollivudda ham tanilgan edi. U “Xarobadan chiqqan millioner”, “Billu sartarosh”, “Yura davri olami”, “Pi hayoti”, “Yangi o‘rgimchak odam” va “Inferno” kabi filmlarda rol ijro etgan.

 

Категория: Yangiliklar | Просмотров: 127 | Добавил: Admin | Теги: Bollivud va Gollivud aktyori Irfon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
close