Ср, 21.11.2018, 16:53
Приветствую Вас, Mexmon

10:34
Bemorning qoni to‘q yashil rangda ekanini ko‘rgan vrachlar dahshatdan qotib qolishdi…
Ha, hayotda hali hech kim bunday manzaraga tasodifan ham duch kelmagan. Kanadalik vrachlar esa shu dahshatni shaxsan boshdan kechirishdi. Jarrohlik stoliga yotqizilgan bemorning qoni haqiqatan to‘q yashil rangda edi. Vaholanki, to‘q yashil rangdagi qon faqat o‘zga sayyoraliklargagina tegishli.

Harqalay mutaxassislar o‘zlarini qo‘lga olib to‘q yashil qonni tahlil qilishdi. Natija ayon bo‘ldi. Bemor sulfogemoglobinemiya xastaligi bilan og‘rigan ekan. Eslatib o‘tamiz, bu jarayonda oltingugurt atomlari gemoglabin bilan qo‘shilib, uning strukturasini o‘zgartirib yuboradi. Natijada qon rangi to‘q yashil tusga kiradi.

Kanadalik bemor migrenga qarshi dorini me’yoridan ko‘p iste’mol qilgani sababli ham shu xastalikka chalingan ekan. Vrachlar bemorga migrenga qarshi dori ichmaslikni maslahat berishdi. Ko‘ribsizki, bir hafta deganda uning qoni azaliy rangiga qaytdi.

Manba: Hordiq.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 302 | Добавил: Admin | Теги: Bemorning qoni to‘q yashil rangda e | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar