VOYBU.NET
BIRINCHI MUSIQIY!
Контакты ГлавнаяMузыкаКлипыНовостиФотогалереяСтихиМобильная версия

10:06
AQShda o‘rmonda yo‘qolib qolgan ikki qizcha 2 kun buta ostida jon saqladi
AQShning Shimoliy Karolina shtatida qutqaruvchilar o‘rmonda adashib qolgan ikki qizni topishga muvaffaq bo‘ldi. Ular yo‘qolib qolganidan 44 soat keyin topilgan. Bu haqda USA Today xabar berdi.

Sakkiz yoshli Leya va 5 yoshli Karolina Karriko 1-mart, juma kuni onasining taqiqiga qaramay, yomg‘ir paytida uy atrofidagi o‘rmonda aylanish uchun ketishgan. Tez orada ayol qizlar yo‘qolib qolganini bilgan va qo‘shnilari va do‘stlari bilan qidirishga ketgan. Keyin politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, voqea haqida xabar bergan.

O‘nlab politsiyachi va qutqaruvchilar o‘rmonda itlar bilan qizlarni izlagan. Yuqoridan vertolyotda ham qidirgan.

Opa-singillar 4-mart kuni tongda uyidan 2,3 kilometr uzoqdan kuchli bo‘ron boshlanishiga bir necha soat qolganida topilgan. Qizlar shamol va yomg‘irdan yashirinib, butaning tagiga bekingan hamda muzlab qolmaslik uchun bir-birini quchoqlab o‘tirgan.

Ular bug‘uning ortidan borib, keyin adashib qolganini tan olgan. Keyin esa yordam kutgan. Tirik qolish uchun qizlar butaning barglaridan suv ichgan va o‘zi bilan olib kelgan myusli batonini yegan.

Opa-singillarni tez yordam shifokorlari tekshirib, ularga sovqotgan va suvsizlanib qolgan deya tashxis qo‘ygan. Ammo ularni kasalxonaga yotqizishga hojat yo‘q edi. Shuning uchun uyga qaytishga ruxsat berilgan.
Категория: Yangiliklar | Просмотров: Tamirda | Добавил: Admin | Теги: AQShda o‘rmonda yo‘qolib qolgan ikk | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
VOYBU.NET
Меню сайта
Статистика

Вход на сайт
Login:
Parol:
Copyright © 2013 VOYBU.NET Все права защищены.По всем вопросам пишите на voybu.net@mail.ru
%